locale OZ

Dzyudo. Referilarimiz uchun amaliy seminar o‘tkazildi

Joriy qilingan yangi qoidalar yana bir bor amaliy tarzda ko‘rib chiqildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Referilarimiz uchun amaliy seminar o‘tkazildi
Фото: O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasi

Uch kun davomida poytaxtimizda o‘tkazilgan OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turnirida ishlagan hakamlarimiz amaliy seminarda ishtirok etishdi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan tashkil seminar-mashg‘ulotiga xalqaro toifadagi referilarimiz Ramziddin Saidov va Vyacheslav Pereteyko boshchilik qildi. Unda Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan joriy qilingan yangi qoidalar yana bir bor amaliy tarzda ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun, hakamlarimiz Toshkent "Katta Dubulg‘a" turnirida kimono nazorati, dzyudochilarning bellashuvlarga chiqib kelish jarayonida ishlashdi, shuningdek, uchta tatamidagi monitorlar uchun mas’ul bo‘lishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting