locale OZ

Dzyudo. Qarshi mezbonligida XIX M. Omariyev xalqaro xotira turniri – yosh dzyudochilar mahorat maydonida

Musobaqaning birinchi kuni jamoaviy bahslar bilan start oldi. Tatamida keskin, murosasiz va tomoshabop bellashuvlar kechdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Qarshi mezbonligida XIX M. Omariyev xalqaro xotira turniri – yosh dzyudochilar mahorat maydonida
photo: Dzyudo Uzbekistan

Qarshi shahridagi “GEOLOG” sport majmuasi navbatdagi yirik sport bayramiga mezbonlik qilmoqda. Bu yerda dzyudo bo‘yicha 2010–2012 hamda 2013–2014-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida sport ustasi Minkail Omariyev xotirasiga bag‘ishlangan XIX xalqaro turnir yuqori saviyada tashkil etildi.

Turnirning tantanali ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbirda viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Vahob Ro‘ziyev, sport faxriylari, murabbiylar va yosh sportchilar ishtirok etib, ushbu nufuzli musobaqa yoshlar sportini rivojlantirish, iqtidorli dzyudochilarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.

Musobaqaning birinchi kuni jamoaviy bahslar bilan start oldi. Tatamida keskin, murosasiz va tomoshabop bellashuvlar kechdi. Kuch, iroda va texnik mahorat sinovidan o‘tgan yosh sportchilar tomoshabinlarga haqiqiy dzyudo bayramini tuhfa etishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting