Dzyudo. Para dzyudochilarimiz xalqaro musobaqalar uchun tayyorgarlik jarayonini boshladi
Mashg‘ulotlarda terma jamoaning jami 32 nafar a’zosi ishtirok etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Para Olimpiyada
O‘zbekiston para dzyudo terma jamoasi a’zolari shu kunlarda Angren shahridagi "Yangiobod" Respublika o‘quv-mashg‘ulot bazasida yig‘in olib bormoqda. Mashg‘ulotlarda terma jamoaning jami 32 nafar a’zosi ishtirok etmoqda.
Yig‘inda sportchilarning jismoniy holati hamda texnik-taktik tayyorgarligi ustida ish olib borilmoqda. Mazkur yig‘in terma jamoamizga Gruziya Gran-prisi oldidan ilk tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘tab beradi.
Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor