Dzyudo. Para dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatida 9 ta medal qo‘lga kiritildi
Ostona shahrida para dzyudo bo‘yicha uch kun davom etgan Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Para Olimpiyada
Qozog‘istonning Ostona shahrida para dzyudo bo‘yicha uch kun davom etgan Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.
Musobaqaning yakuniy kunida jamoaviy bellashuvlar tashkil etildi. Unda bahs olib borgan O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari o‘z dasturlarida kumush medallarni qo‘lga kiritishdi.
Shu tarzda para dzyudochilarimiz Ostona-2025 Osiyo chempionatida 1 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqishib, musobaqani umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinda yakunlashdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor