Dzyudo. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Jahon chempionatiga yo‘l oldi
20-24 avgust kunlari Ekvador davlatining Guayakil shahrida o‘smirlar o‘rtasida Jaxon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Yilning ushbu eng nufuzli musobaqasida dunyoning 61 davlatidan keladigan jami 480 nafar yosh dzyudochi belgilangan vazn toifalarida g‘oliblik yo‘lida tatamiga chiqadilar. Ular orasida to‘liq tarkibdagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham bor.
Bugun terma jamoamiz delegatsiyasi bosh murabbiy Aurelian Chiprian Flis boshchiligida Ekvador davlatiga jo‘nab ketdi.
Oldinda — murosasiz kurashlarga boy besh kun, eng kuchli raqiblar va ulkan maqsad: jahon chempionati medallari. O‘zbekiston yangi jahon chorloviga tayyor!
Delegatsiyamiz tarkibi:
-50 kg: Safoxo‘ja Sayfulloyev
-50 kg: Akbar Sharifov
-55 kg: Bobur Yusupov
-60 kg: Abubakr Sattorov
-60 kg: Davlat Ahrorov
-66 kg: Akromjon Karimov
-73 kg: Behruzbek Usmonov
-81 kg: Samandar Sunnatov
-90 kg: Jo‘rabek Eshpo‘latov
+90 kg: Alibek Durdiyev
QIZLAR
-40 kg: Iroda Sirojiddinova
-44 kg: Dilafruz Boltaboyeva
-44 kg: Alina Kolyucheva
-48 kg: Charos Hikmatova
-48 kg: Mohinur Ollaberganova
-57 kg: Ziyoda Javlonova
-57 kg: Zuhra Alimova
-63 kg: Parizoda Yuldasheva
-63 kg: Gulsanam Hazratova
-70 kg: Poshshajon Jumaboyeva
Bosh murabbiy - Aurelian Chiprian Flis
Murabbiylar - Gelaniy Ozdayev, Junna Kikuchi, Zokirjon Sobirov, Nilufar Yermaganbetova
Shifokor - Gulzoda Hakimova
Jamoa menejeri - Dilshod Shukrulloyev