Dzyudo. Oʻzbekiston oʻsmirlar jamoasi Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi
Musobaqaga Indoneziya mezbonlik qildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Indoneziyada dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi qitʼa birinchiligi yakuniga yetdi. Bugun oʻtkazilgan bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Oltin medal:
-90 kg: Joʻrabek Eshpoʻlatov
+90 kg: Alibek Durdiev
-70 kg: Intizor Uzakbayeva
Kumush medal:
-57 kg: Maftuna Ahmedova
Bronza medal:
-73 kg: Saʼdulla Ravshanov
-73 kg: Daulet Turdiyarov
-90 kg: Inomjon Bahodirov
-57 kg: Gulsanam Hazratqulova
-63 kg: Zuhra Umarova
+70 kg: Zarina Bobonazarova
Shu tariqa, mazkur yosh toifasida 7 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medallarini jamgʻargan hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist