Dzyudo. O‘zbekiston Kubogining ikkinchi kuni ham 5 ta vaznda g‘oliblar aniqlandi
Termiz shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi mamlakat Kubogida ikkinchi kungi bellashuvlar ortda qoldi.
Termiz Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi zalida o‘tkazilayotgan musobaqaning ikkinchi kuni o‘rta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Kechagi kun bahslari ham murosasiz kurashlar ostida kechdi. Birgina -66 kg vazn toifasida 104 nafar dzyudochi g‘oliblik yo‘lida tatamiga chiqdi.
O‘z vazn toifalarida Mirsaid Jo‘rayev (Toshkent viloyati), Sultonbek Qo‘ldoshboyev (Samarqand), Mohinur Ollaberganova (Xorazm), Dilshodaxon Mahmudjonova (Namangan) va Sevinch Norboyeva (Navoiy) O‘zbekiston Kubogi sohibi bo‘lishdi.
Ikkinchi kun g‘olib va sovrindorlari:
-66 kg vazn toifasi
1. Mirsaid Jo‘rayev (Toshkent viloyati)
2. Eldorbek Foziljonov (Toshkent viloyati)
3. Asilbek Pardayev (Buxoro)
3. Shahzodbek Sa’dullayev (Xorazm)
-73 kg vazn toifasi
1. Sultonbek Qo‘ldoshboyev (Samarqand)
2. Daler Asrorqulov (Samarqand)
3. Toxir Qosimov (Xorazm)
3. Qilichbek Davronov (Buxoro)
QIZLAR
-48 kg vazn toifasi
1. Mohinur Ollaberganova (Xorazm)
2. Husniya Umrzoqova (Qashqadaryo)
3. Adiba Kenjayeva (Samarqand)
3. Venera Hamdamova (Samarqand)
-52 kg vazn toifasi
1. Dilshodaxon Mahmudjonova (Namangan)
2. Shabnam Umirzoqova (Samarqand)
3. Shaxina Avezova (Xorazm)
3. Nilufar Shuhratova (Navoiy)
-57 kg vazn toifasi
1. Sevinch Norboyeva (Navoiy)
2. Shaxnozabonu Sultonova (Xorazm)
3. Charosoy O‘ktamboyeva (Xorazm)
3. Sevara Temirbekova (Qoraqalpog‘iston)