locale OZ

Dzyudo. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan 2025 yilda asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida hududlarga e’tibor qaratildi

Tashrif davomida hududlarda dzyudoni rivojlantirish bilan bog‘liq masala va muammolar o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan 2025 yilda asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida hududlarga e’tibor qaratildi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Yakuniga yetib borayotgan 2025 yilda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan hududlar dzyudosini yanada rivojlantirishi, uni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida amaliy ishlarga qo‘l urildi.

Xususan, Federatsiya raisi Azizjon Kamilov xizmat safari bilan Surxondaryo, Namangan, Andijon, Navoiy, Samarqand, Buxoro, umuman barcha viloyatlarda bo‘ldi. Tashrif davomida hududlarda dzyudoni rivojlantirish bilan bog‘liq masala va muammolar o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi. Xususan, viloyatlarga jami 14 ta to‘plam tatami va boshqa jihozlar topshirildi.

Sir emas, mamlakat dzyudosining yuzi, terma jamoalarining qanchalik kuchli bo‘lishi bevosita hududlardagi dzyudo rivojiga bog‘liq. Ostonada eshik qoqib turgan 2026 yilda ham O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan viloyatlar infratuzilmasini yaxshilashga katta e’tibor qaratiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting