locale OZ

Dzyudo. O‘zbekiston chempionatining so‘nggi kuni og‘ir vazn toifalarida g‘oliblar aniqlandi

Mamlakat birinchiligining so‘nggi kuni og‘ir vazn toifasida bellashuvlar tashkil etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. O‘zbekiston chempionatining so‘nggi kuni og‘ir vazn toifalarida g‘oliblar aniqlandi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Andijon Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi mezbonlik qilgan o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Mamlakat birinchiligining so‘nggi kuni og‘ir vazn toifasida bellashuvlar tashkil etildi. O‘smirlar -90, +90, qizlar esa -70, +70 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishdi. To‘rtta vaznda ikkitasida xorazmlik dzyudochilar, qolgan ikkitasida Buxoro viloyati va Toshkent shahri vakillari chempionlik shohsupasiga ko‘tarilishdi.

Uch kunlik bellashuvlar yakuniga ko‘ra, Xorazm viloyati dzyudochilari medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni band etishdi. Ular 5 ta oltin, 5 ta kumush, 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Toshkent shahri jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, 2 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medaliga ega poytaxt viloyati dzyudochilari kuchli uchlikka yakun yasab berishdi.

E’tiborlisi, 14 ta hududiy terma jamoalardan 13 tasida O‘zbekiston chempionatining kamida bitta bronza medaliga ega bo‘ldi. Bu O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining viloyatlarda olib borayotgan islohotlari samarasidir.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting