Dzyudo. O‘zbekiston chempionatining ikkinchi kuni ham 6 ta vaznda g‘oliblar aniqlandi
Andijon Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi mezbonlik qilayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining ikkinchi kungi bahslari ortda qoldi.
Murosasiz kurashlar ostida kechgan bellashuvlarda o‘smirlar -66, -73, -81, qizlar esa -52, -57 va -63 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishdi.
E’tiborlisi, qizlar o‘rtasidagi barcha vaznlarda xorazmlik dzyudochilar O‘zbekiston chempioni bo‘lishdi. O‘g‘il bolalarda ikki vaznda Toshkent viloyati, yana bitta vazn toifasida Samarqand viloyati terma jamoasi dzyudochisi shohsupaga ko‘tarildi.
Musobaqaning so‘nggi kuni og‘ir vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Ikkinchi kun g‘olib va sovrindorlari:
O‘SMIRLAR
-66 kg vazn toifasi
1. Akromjon Karimov (Toshkent viloyati)
2. Shohzodbek Sa’dullayev (Xorazm)
3. Jaloliddin Abriyev (Toshkent shahri)
3. Daler Asrorqulov (Samarqand)
-73 kg vazn toifasi
1. Behruzbek Usmonov (Toshkent viloyati)
2. Tohir Qosimov (Xorazm)
3. Erkinbay Azirbayev (Qoraqalpog‘iston)
3. Jasurbek Turkmanov (Samarqand)
-81 kg vazn toifasi
1. Arslon Soatov (Samarqand)
2. Samandar Sunnatov (Toshkent shahri)
3. Begali Jonboboyev (Qashqadaryo)
3. Jamolbek Muratov (Samarqand)
QIZLAR
-52 kg vazn toifasi
1. Kumushbibi Ergasheva (Xorazm)
2. Shabnam Umirzoqova (Samarqand)
3. Dilshodaxon Mahmudjonova (Namangan)
3. Nilufar Shuhratova (Navoiy)
-57 kg vazn toifasi
1. Zuhra Alimova (Xorazm)
2. Gulsanam Hazratova (Qashqadaryo)
3. Dilnura Baratova (Buxoro)
3. Shaxnozabonu Sultonova (Xorazm)
-63 kg vazn toifasi
1. Parizoda Yo‘ldosheva (Xorazm)
2. Xosiyat Sobirova (Samarqand)
3. Dilnura Erkinboyeva (Xorazm)
3. Ziyoda Shomurodova (Navoiy)