locale OZ

Dzyudo. OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniriga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi

"Humo Arena" majmuasida start oladigan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi 154 000 yevrodan iborat nufuzli musobaqaga qur’a tashlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniriga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Ertaga poytaxtimizdagi "Humo Arena" majmuasida start oladigan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi 154 000 yevrodan iborat nufuzli musobaqaga qur’a tashlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov, Xalqaro dzyudo federatsiyasi Sport direktori Vladimir Barta, IJF Bosh Referi direktori Armen Bagdasarov hamda IJF Ta’lim va murabbiylik bo‘yicha direktori Muhammad Merijda ishtirok etdi.

Marosimda so‘z olgan Odil Qalandarovich davlatimiz rahbari boshchiligida barcha sport turlari, xususan, dzyudo rivoji yo‘lida olib borilayotgan ishlar haqida gapirib, barcha sportchilarga g‘alaba va omad tiladi.

"Tashkent Grand Slam 2026" turniriga mezbonlik qilish biz uchun katta sharaf. Bu voqea Yangi O‘zbekistonda sport milliy g‘oyaga aylangani, sportchilarimiz xalqaro maydonda dunyoning munosib elchilari bo‘lib maydonga chiqayotganining yorqin ramzidir. O‘zbekistonda shaxsan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan professional hamda ommaviy sport rivoji, bu orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini yanada qaror toptirishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi hamda Jahon sporti tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilyapti. Sportchilarimiz tarixiy natijalarga erishishyapti", - dedi Abdurahmonov.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting