locale OZ

Dzyudo. O‘smirlarimiz 20 ta medal bilan 20 davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi

Iordaniya poytaxti Amman shahri mezbonlik qilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati Aurelian Chiprian Flis bosh murabbiyligidagi kadetlarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. O‘smirlarimiz 20 ta medal bilan 20 davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Iordaniya poytaxti Amman shahri mezbonlik qilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati Aurelian Chiprian Flis bosh murabbiyligidagi kadetlarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.

Ikki kun davomida Iordaniya zaminida 11 marotaba davlatimiz madhiyasi yangrab, bayrog‘imiz baland ko‘tarildi. O‘zbekiston kadetlar terma jamoasi 11 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza, jami 20 ta medal bilan Osiyoning 20 davlati orasida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Ikkinchi o‘rindagi Qozog‘iston terma jamoasi hisobida 2 ta oltin, 7 ta kumush, 6 ta bronza medali bor. Kuchli uchlikka 2 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan Eron kadetlari yakun yasab berdi.

Osiyo chempionatida qatnashgan 20 davlat delegatsiyalarining teng yarmi Iordaniyadan kamida bitta bronza medali bilan qaytadigan bo‘ldi.

Taqqoslash uchun, o‘tgan yili Indoneziyada o‘tgan va 21 davlat qatnashgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 7 ta oltin, 3 ta kumush, 8 ta bronza, jami 18 ta medal umumjamoa hisobida 1-o‘rinni band etgan edi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting