locale OZ

Dzyudo. O‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi yakuniga yetdi

Termiz Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi zalida o‘tkazilgan musobaqaning so‘nggi kuni og‘ir vaznlarda bellashuvlar tashkil etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. O‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi yakuniga yetdi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Termiz shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi mamlakat Kubogida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda barcha viloyatlardan saralangan 900 nafarga yaqin dzyudochi g‘oliblik yo‘lida bahs olib bordi.

Termiz Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi zalida o‘tkazilgan musobaqaning so‘nggi kuni og‘ir vaznlarda bellashuvlar tashkil etildi. O‘g‘il bolalar -81, -90, +90 kg, qizlar esa -63, -70 va +70 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Xorazm viloyati terma jamoasi 3 ta oltin, 4 ta kumush, 7 ta bronza medali jamg‘arib, O‘zbekiston Kubogi sohibiga aylandi. Umumjamoa hisobida Samarqand va Toshkent viloyati jamoalari kuchli uchlikdan joy olishdi.

Uchinchi kun g‘olib va sovrindorlari:

-81 kg vazn toifasi
1. Shomurod Shomurodov (Buxoro)
2. Kamronbek Abdirayimov (Toshkent shahri)
3. Hayotbek Norqulov (Samarqand)
3. Bahodir Yo‘ldoshev (Toshkent shahri)

-90 kg vazn toifasi
1. Olimjon Babayev (Xorazm)
2. Shohjahon Valijonov (Surxondaryo)
3. Akobir Yo‘ldoshev (Surxondaryo)
3. Oqilbek Turobov (Qashqadaryo)

+90 kg vazn toifasi
1. Og‘abek Keldiyorov (Qashqadaryo)
2. Adhamjon Teshaboyev (Xorazm)
3. Mehriddin Berdimurodov (Surxondaryo)
3. Nurdavlat Rustamov (Xorazm)

QIZLAR

-63 kg vazn toifasi
1. Dinora Samandarova (Xorazm)
2. Sabrina Hayitova (Buxoro)
3. Malika Bekturdiyeva (Xorazm)
3. Dilso‘z Eshniyazova (Samarqand)

-70 kg vazn toifasi
1. Shoxista To‘rayeva (Toshkent shahri)
2. Sevinchoy Xudarganova (Xorazm)
3. Sabrina Abdullayeva (Buxoro)
3. Orzu Temirova (Qashqadaryo)

+70 kg vazn toifasi
1. Nilufar Sa’dullayeva (Qashqadaryo)
2. Xonzodabegim Usmonqulova (Samarqand)
3. Begoyim Toshtemirova (Surxondaryo)
3. Asilabonu Qudratova (Qashqadaryo)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting