locale OZ

Dzyudo. Osiyo o‘yinlari oldidan dzyudochilarimiz uchun antidoping seminari tashkil etildi

Unda har bir sportchining shaxsiy mas’uliyati va antidoping qoidalariga qat’iy rioya qilishga urg‘u berildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Osiyo o‘yinlari oldidan dzyudochilarimiz uchun antidoping seminari tashkil etildi
photo: Dzyudo Uzbekistan

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan milliy terma jamoalar o‘rtasida profilaktik antidoping seminarlari davom etmoqda.

Navbatdagi seminar Aichi-Nagoya mezbonligida o‘tadigan Yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik olib borayotgan dzyudo bo‘yicha terma jamoamiz sportchilari ishtirokida tashkil etildi.

Unda har bir sportchining shaxsiy mas’uliyati va antidoping qoidalariga qat’iy rioya qilishga urg‘u berildi. Shuningdek, xalqaro musobaqalardagi antidoping talablari, doping-nazorati jarayonlari hamda taqiqlangan moddalar bilan bog‘liq xavflarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Bunday taʼlimiy tadbirlar milliy terma jamoani yirik xalqaro musobaqalarga tayyorlashning muhim qismi hisoblanib, sportchilar o‘rtasida yuqori antidoping madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting