Dzyudo. Osiyo chempionatining yakkalik bahslariga qur’a tashlandi
Xitoyning Ordos shahrida kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qit’a birinchiligida to‘liq tarkib bilan ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi dzyudochilari ilk raqiblarini bilib olishdi. Og‘ir vazn toifasidagi Parij-2024 Olimpiadasi sovrindorlari Alisher Yusupov va Muzaffarbek To‘raboyev qur’a natijasiga ko‘ra 1/2 finalda o‘zaro to‘qnash kelishlari mumkin.
Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari (Erkaklar):
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov — Vey Ling Yun (Xitoy)
-60 kg: Doston Ro‘ziyev — Konstantin Simeonidis (BAA)
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov — An Xyun Vu (Koreya Respublikasi)
-73 kg: Elbek Tojiyev — Li Yeun Kyul (Koreya Respublikasi)
-81 kg: Murodjon Yo‘ldoshev — Li Kvok Ving (Gonkong)/Behruzi Hojazoda (Tojikiston)
-90 kg: Nurbek Murtozoyev — Bu Hebi Lige (Xitoy)
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev — Jalasay Jalasay (Xitoy)
+100 kg: Alisher Yusupov — Dai Yu-Ming (Koreya Respublikasi)/Perenleyjamts Usuhbayar (Mo‘g‘uliston)
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev — Magomedomar Magomedomarov (BAA)
Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari (Ayollar):
-48 kg: Laziza Haydarova — Shen Yi-Chun (Xitoy Taypeyi)
-52 kg: Sita Qadamboyeva — Lam Ti Ngan Ha (Vetnam)
-57 kg: Shukurjon Aminova —Tsendbazar Mashbat (Mo‘g‘uliston)
-63 kg: Marjona Nurillayeva — Unnati Sharma (Hindiston)
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva — Alina Moldokulova (Qirg‘iz Respublikasi)/Kim Haymi (Koreya Respublikasi)
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva — Inunganbi Tahellambam (Hindiston)
-78 kg: Marjona Ko‘chimova — Van Che-Si (Xitoy Taypeyi)
-78 kg: Barchinoy Qodirova — Ishrup Narang (Hindiston)
+78 kg: Umida Nig‘matova — Adiyasuren Amarsayhan (Mo‘g‘uliston)