Dzyudo. Osiyo chempionatining ilk kuni 3 ta medalga ega chiqdik
Xitoyning Ordos shahrida boshlangan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kungi g‘olib va sovrindorlari ma’lum bo‘ldi.
Bugun 5 dzyudochimiz bahslarga kirishgan bo‘lsa, ulardan 3 nafari yakunda shohsupaga ko‘tarildi. Finalga yetib kelgan Laziza Haydarova (-48 kg) va Sita Kadambayeva (-52 kg) kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Samariddin Qo‘chqorov (-60 kg) esa uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda qozog‘istonlik Sherzod Davlatovni mag‘lubiyatga uchratib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi birinchi kungi bellashuvlardan so‘ng 2 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Kumush medal sohiblari:
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: Sita Kadambayeva
Bronza medal sohibi:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov