Dzyudo. Osiyo chempionatining ikkinchi kuni ikkita medal qo‘lga kiritildi
Xitoyning Ordos shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi kungi bahslari yakuniga yetdi.
Bugungi bellashuvlar yakunida 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldik. -70 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Shirinjon Yo‘ldosheva qo‘lidagi jarohatiga qaramay, finalda tatamiga chiqdi va terma jamoamizga kumush medalni taqdim etdi.
Yarim finalda aynan Shirinjon Yo‘ldoshevaga yutqazgan Xurshida Razzoqberdiyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi. U Xitoy Taypeyi vakilasi Yu-Jung Liaodan ustun ekanini amalda isbotladi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko‘ra 3 ta kumush, 2 ta bronza medaliga egalik qilmoqda. Ertaga og‘ir vazn toifalarida medallar uchun kurash kechadi.
Kumush medallar:
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: Sita Kadambayeva
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva
Bronza medallar:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva