locale OZ

Dzyudo. Osiyo chempionatida qatnashgan 20 nafar dzyudochimizning bari shohsupaga ko‘tarildi

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining Osiyo chempionatida ishtirok etgan barcha 20 nafar vakili Iordaniya poytaxti Amman shahridan medallar bilan qaytadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Osiyo chempionatida qatnashgan 20 nafar dzyudochimizning bari shohsupaga ko‘tarildi
photo: Dzyudo Uzbekistan

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining Osiyo chempionatida ishtirok etgan barcha 20 nafar vakili Iordaniya poytaxti Amman shahridan medallar bilan qaytadi.

Kadetlarimiz xuddi birinchi kuni bo‘lgani singari ikkinchi kungi bellashuvlarda ham sermahsullik ko‘rsatishdi. Aurelian-Chiprian Flis murabbiyligidagi dzyudochilarimiz ikkinchi kun 5 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Behruzbek Usmonov, Jo‘rabek Eshpo‘latov, Alibek Durdiyev, Zuhra Alimova va Parizoda Yuldasheva o‘z vazn toifalarida Osiyo chempioni bo‘ldi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati Aurelian Chiprian-Flis murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirok bilan qutlaydi.

Osiyo chempionatida shohsupaga ko‘tarilgan dzyudochilarimiz:

Oltin medallar
-40 kg: Iroda Sirojiddinova
-44 kg: Dilafruz Boltaboyeva
-48 kg: Charos Hikmatova
-57 kg: Zuhra Alimova
-63 kg: Parizoda Yuldasheva
-50 kg: Akbar Sharipov
-60 kg: Davlatbek Ahrorov
-66 kg: Akramjon Karimov
-73 kg: Behruzbek Usmonov
-90 kg: Jo‘rabek Eshpo‘latov
+90 kg: Alibek Durdiyev

Kumush medallar
-44 kg: Alina Kolyucheva
-63 kg: Dinora Samandarova
-55 kg: Bobur Yusupov
-81 kg: Samandar Sunnatov

Bronza medallar

-48 kg: Mohinur Ollaberganova
-52 kg: Kumushbibi Ergasheva
-70 kg: Poshshajon Jumabayeva
-50 kg: Ma’murjon Abduvahobov
-60 kg: Abubakr Sattorov

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting