Dzyudo. Murodjon Yo‘ldoshev Jahon chempionatidagi yurishini boshlashga shay
Bugun Ozarbayjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatining to‘rtinchi kuni.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
Murodjon Yo‘ldoshev Jahon chempionatidagi yurishini boshlashga shay.
Bugun Ozarbayjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatining to‘rtinchi kuni.
Kun davomida erkaklar o‘rtasida -81 kg, ayollarda esa -63 kg vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi. Bugungi dasturda terma jamoamizning tajribali dzyudochisi Murodjon Yo‘ldoshevga muxlislik qilamiz.
Qur’a natijasiga ko‘ra, hamyurtimiz o‘z ishtirokini to‘g‘ridan to‘g‘ri ikkinchi bosqichdan boshlaydi. Yo‘ldoshevning raqibi gonkonglik Kvok Ving Li hamda koreyalik Jae Yun Sim o‘rtasidagi bellashuvda aniqlanadi.