locale OZ

Dzyudo. Murabbiylar shtabi tomonidan 2026 yilgi mavsum rejalari taqdim etildi

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida kattalar terma jamoasi murabbiylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Murabbiylar shtabi tomonidan 2026 yilgi mavsum rejalari taqdim etildi
photo: Dzyudo Uzbekistan

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida kattalar terma jamoasi murabbiylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Aleksey Budolin Federatsiya raisi Azizjon Kamilovni 2026 yilgi mavsum rejalari bilan tanishtirdi. Reja bo‘yicha yangi yil o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari bilan boshlanadi.

An’anaga ko‘ra, dzyudo vatani Yaponiyada xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yini tashkil etiladi. Kunchiqar yurtdan qaytgach, mashg‘ulotlar poytaxtda davom ettiriladi. Terma jamoamiz uchun asosiy start bu - fevral oyining so‘nggi kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan "Katta Dubulg‘a" turniri hisoblanadi.

Barcha tayyorgarliklar o‘z vatanimizda o‘tadigan va dzyudochilarimizga imkoniyat bo‘lgan ushbu turnirga yuqori sport formasida borish uchun qaratiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting