Dzyudo. Lausanne Grand Slam 2026 turniriga qur’a tashlandi
Ertaga Shveysariyaning Lozanna shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi navbatdagi nufuzli turnirga start beriladi.
Uch kun davomida dunyoning 77 davlatidan kelgan jami 513 nafar dzyudochi medallar hamda Olimpiya o‘yinlari yo‘lidagi reyting ochkolari uchun bahs olib boradi. Ular qatorida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham bor.
Biroz avval turnirga qur’a tashlash marosimi o‘tkazilib, dzyudochilar ilk davradagi raqiblarini bilib olishdi.
Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov – Ural Baxtiyarov (Turkmaniston)
-60 kg: Bahrom Boturov – Ali Popalzay (IJF Refugee Team)
-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev – Florian Boyeker (Germaniya)
-66 kg: Azizbek Ortiqov – Hahik Martirosyan (Ukraina)
-81 kg: Arslonbek Tojiyev – Maksim Malshch (Germaniya)
-90 kg: Nurbek Murtazoyev – Vugar Talibov (Ozarbayjon)/Akaki Japaridze (Gruziya)
-90 kg: Umar Bozorov – Noa Kristians (Belgiya)/Lasse Shreyver (Germaniya)
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev – Marat Baykamurov (Qozog‘iston)
-100 kg: To‘lqinbek Turdiyev – Maksims Duinovs (Latviya)
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev – Munir Ertug (Turkiya)
QIZLAR
-48 kg: Laziza Haydarova – Merve Azak (Turkiya)
-48 kg: Ulbusin Hakimova – Sabina Gulyazova (Rossiya)
-52 kg: Sita Kadambayeva – Paulina Martinez (Meksika)
-52 kg: So‘diyona Rafkatova – Gabriela Dimitrova (Bolgariya)
-63 kg: Marjona Nurulloyeva – Renata Zachova (Chexiya)
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva – Tamara Lishchenko (Rossiya)
-70 kg: Shirinjon Yuldasheva – Katarzina Sobiyerayska (Polsha)
-78 kg: Barchinoy Qodirova – Eliza Vroblevska (Polsha)
-78 kg: Marjona Ko‘chimova – Aleksandra Ryabchenko (Rossiya)
+78 kg: Umida Nig‘matova – Aida Toishibekova (Qozog‘iston)/Fernanda Kuimbira (Angola)
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva – Oksana Dyatsenko (Moldova)