locale OZ

Dzyudo. Krasnoyarskdagi turnirning ilk kuni ikkita medal qo‘lga kiritdik

Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk o‘lkasida yoshlar o‘rtasida Vladimir Gulidov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Krasnoyarskdagi turnirning ilk kuni ikkita medal qo‘lga kiritdik
photo: Dzyudo Uzbekistan

Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk o‘lkasida yoshlar o‘rtasida Vladimir Gulidov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.

An’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan turnirda Kamol Murodov murabbiyligidagi yoshlarimiz ham medallar uchug bahs olib borishyapti. Musobaqaning birinchi kuni dzyudochilarimizdan Muhriddin Ma’rufov (-73 kg) va Nigina Saparboyeva (-70 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Bugun 7 ta vaznda g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi: yoshlar — -81, -90, -100, +100 kg, qizlar — -48, -52 va 57 kg.

Bugungi bellashuvlarda terma jamoamiz a’zolaridan Zarina Jamalova (-48 kg), Sabrina Azamatova (-52 kg) va Fazliddin Rafikov (+100 kg)ga muxlislik qilamiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting