locale OZ

Dzyudo. Krasnoyarskdagi turnirni 5 ta medal bilan yakunladik, Azamatova chempion

Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk o‘lkasida yoshlar o‘rtasida Vladimir Gulidov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro turnir yakuniga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Krasnoyarskdagi turnirni 5 ta medal bilan yakunladik, Azamatova chempion
photo: Dzyudo Uzbekistan

Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk o‘lkasida yoshlar o‘rtasida Vladimir Gulidov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro turnir yakuniga yetdi.

Ushbu musobaqada Kamol Murodov murabbiyligidagi yoshlarimiz yurtimiz sport sharafini himoya qilishdi. Ikki kunlik bellashuvlarda dzyudochilarimiz 1 ta oltin, 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Ikkinchi kun dasturida Sabrina Azamatova -52 kg vazn toifasida musobaqa g‘olibiga aylandi. U finalda belaruslik Diana Grigorenkoni taslim etdi. Zarina Jamalova va Fazliddin Rafikov esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

G‘olib va sovrindorlarimiz:

Oltin medal

-52 kg: Sabrina Azamatova

Bronza medallar

-70 kg: Nigina Saparboyeva
-73 kg: Muhriddin Ma’rufov
-52 kg: Zarina Jamalova
+100 kg: Fazliddin Rafikov

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting