Dzyudo. Kompleks yondashuvsiz natija bo'lmaydi. Parhez — g'alaba yo'lining muhim qismidir!
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi diyetolog-nutritsologi Gulchehra Hasanova tomonidan terma jamoamiz a’zolari uchun shu mavzuda muloqot o‘tkazildi.
Mutaxassisimiz to‘g‘ri taomlanish haqida gapirib, tarkibi shakarga boy gazli ichimliklar iste’moli inson salomatligiga zarari haqida ogohlantirdi. Buning oqibatida qandli diabet, ortiqcha vazn, yurak-qon tomir hamda boshqa ichki a’zo kasalliklar yuzaga kelishini aytdi.
OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniri startiga tobora oz fursat qolmoqda. Gulchehra Hasanova biz uchun muhim musobaqa oldidan har bir sportchi o‘z vaznini nazorat qilib borishi muhimligini ta’kidladi. Ortiqcha kilogrammlarni birdaniga emas, oz-ozdan tashlab, musobaqa kunigacha vazn me’yorini ta’minlashga urg‘u qaratdi. Birdaniga ko‘p vazn tashlash salomatlikka zarar yetkazishi haqida ogohlantirdi. Agar to‘g‘ri, ilmiy asoslangan yondashuvga tayanilsa, to‘g‘ri vazn tashlash organizm uchun stresslariz o‘tadi.
Xulosa aniq: intizom, tizim va o'z organizmiga mas'uliyatli munosabat bo'lgan joyda yuqori natija ta`minlanadi.