locale OZ

Dzyudo. Kadetlarimiz Germaniyaga yo‘l olishdi, safar oldidan Azizjon Kamilov dzyudochilarimiz bilan suhbatlashdi

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 turnirida ishtirok etish maqsadida Germaniyaga jo‘nab ketdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Kadetlarimiz Germaniyaga yo‘l olishdi, safar oldidan Azizjon Kamilov dzyudochilarimiz bilan suhbatlashdi
photo: Dzyudo Uzbekistan

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 turnirida ishtirok etish maqsadida Germaniyaga jo‘nab ketdi.

Safar oldidan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov ZOOM platformasi orqali terma jamoamiz delegatsiyasi bilan suhbatlashdi. Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 kadetlar o‘rtasidagi nufuzli musobaqa bo‘lib, unda 36 davlatdan kelgan 800 nafarga yaqin o‘smirlar medallar uchun bahs olib boradi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Aurelian-Chiprian Flis ushbu musobaqaga olib borilgan tayyorgarlik haqida hisobot berib, dzyudochilarimizning har biri bo‘yicha alohida ma’lumot taqdim etdi. Ayni paytda xizmat safarida bo‘lib turgan Azizjon Kamilov kadetlarimizga bo‘lajak musobaqada g‘alaba va omad yor bo‘lishini tiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting