locale OZ

Dzyudo. Jahon chempionatidan qaytgan yoshlarimiz tantanali kutib olindi

O'zbek sportchilari 6 ta (1 ta kumush, 5 ta bronza) medal bilan dunyoning 65 davlati orasida Top-10`talikdan joy oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Jahon chempionatidan qaytgan yoshlarimiz tantanali kutib olindi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Dzyudo bo'yicha Peru poytaxti Lima shahri mezbonlik qilgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 6 ta (1 ta kumush, 5 ta bronza) medal bilan dunyoning 65 davlati orasida Top-10`talikdan joy olgan O`zbekiston terma jamoasi delegatsiyasi Vatanga qaytdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida muzaffar sportchilarimizni O`zbekiston dzyudo federatsiyasi mutasaddilari, dzyudochilarimiznining oila a`zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.

Jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarilgan dzyudochilarimiz:

Kumush medal
+78 kg: Umida Nig‘matova

Bronza medallar
-48 kg: Laziza Haydarova
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov
-81 kg: Samariddin Muxibiddinov
-90 kg: Alisher Samanov
-100 kg: Muhammadali Zoirov

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting