locale OZ

Dzyudo. iPhone 17 Pro Max va pul mukofoti O'shga yo'l oldi

"Tashkent Open Judo Kids Cup IV" musobaqasining ikki kunlik bellashuvlari yakuniga ko‘ra turnirning "Eng yaxshi dzyudochisi" aniqlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. iPhone 17 Pro Max va pul mukofoti O'shga yo'l oldi
photo: Dzyudo Uzbekistan

"Tashkent Open Judo Kids Cup IV" musobaqasining ikki kunlik bellashuvlari yakuniga ko‘ra turnirning "Eng yaxshi dzyudochisi" aniqlandi.

Bir necha murabbiy va hakamlardan tarkib topgan maxsus guruh tavsiyasiga ko‘ra Qirg‘iz Respublikasining O‘sh shahridan kelgan Aalambek Abiyev ushbu nominatsiyasida g‘olib deb topildi va tashkilotchi "Diplomat Judo Club" tomonidan sovg‘a sifatida iPhone 17 Pro Max telefoni topshirildi.

U15 yosh toifasining -50 kg vazn toifasi bahslarida chempionlikni qo‘lga kiritgan Aalambek barcha bellashuvlarini muddatidan avval sof ippon g‘alabasi bilan yakunladi. Abiyevning murabbiyi Ilinbek Attokurovga esa pul mukofoti taqdim etildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting