Dzyudo. Ikkinchi kun 4 ta vazn toifasida O‘zbekiston chempionlari aniqlandi
Buxoro shahridagi "Universal" sport saroyida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati davom etmoqda.
Musobaqaning ikkinchi kuni erkaklar -73, -81, ayollar -63, -70 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishdi. To‘rtta vazndan 2 tasida xorazmlik dzyudochi qizlar shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Nigina Saparbayeva va Xurshida Razzoqberdiyeva o‘z vaznlarida O‘zbekiston chempioni bo‘lishdi.
Murosasiz va shu bilan birga kutilmagan natijalarga boy bo‘lgan erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlar yakunida sirdaryolik Elbek Tojiyev va navoiylik Zulfiddin Usmonov oltin medallarga ega chiqdi. O‘zbekiston chempionatida yangi nomlarning paydo bo‘layotgan terma jamoadagi raqobatni yanada kuchaytiradi.
Ikkiinchi kun g‘olib va sovrindorlari:
-63 kg vazn toifasi
1. Nigina Saparbayeva (Xorazm)
2. Sevinch Isoqova (Jizzax)
3. Sarvinoz Husanova (Samarqand)
3. Marjona Nurulloyeva (Samarqand)
-70 kg vazn toifasi
1. Xurshida Razzoqberdiyeva (Xorazm)
2. Shirinjon Yo‘ldosheva (Xorazm)
3. Farangiz Hojiyeva (Xorazm)
3. Intizor Uzoqboyeva (Qashqadaryo)
-73 kg vazn toifasi
1. Elbek Tojiyev (Sirdaryo)
2. Muhammad Jumayev (Navoiy)
3. Inoyat Telmanov (Toshkent shahri)
3. Muhriddin Ma’rupov (Buxoro)
-81 kg vazn toifasi
1. Zulfiddin Usmonov (Navoiy)
2. To‘lqin Ochilov (Qoraqalpog‘iston)
3. Muhammad Mamadaliyev (Toshkent viloyati)
3. Murodjon Yo‘ldoshev (Xorazm)