Dzyudo. Ikki dzyudochimiz faxriylar o‘rtasidagi Jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi
-100 kg vaznda kurashgan Faxriddin Sharipov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Judo Uzbekistan
Fransiya poytaxti Parij shahrida dunyoning 66 davlatidan kelgan jami 2366 nafar faxriy dzyudochilar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
Bir nechta yosh toifasida tashkil etilgan ushbu dunyo birinchiligida o‘zbekistonlik faxriy dzyudochilar ham medallar uchun bahs olib borishdi. Ulardan ikki nafari o‘z vazn toifalarida shohsupaga ko‘tarilishdi.
-73 kg vaznda tatamiga chiqqan Timur Xudaykulov finalga qadar mag‘lubiyatsiz yetib borib, jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘ldi. -100 kg vaznda kurashgan Faxriddin Sharipov esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Xudaykulov finalga qadar irlandiyalik Noel Naude, fransiyalik Entoni Garvi, ispaniyalik Rodriges Blanko, mo‘g‘ulistonlik Altansuh Dovdonni mag‘lubiyatga uchratdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor