Dzyudo. Harbiylar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 14 ta medal qo‘lga kiritdik. Aralash jamoaviy bellashuvlarda chempion bo‘ldik!
Harbiylar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 14 ta medal qo‘lga kiritdik. Aralash jamoaviy bellashuvlarda chempion bo‘ldik!
Polsha poytaxti Varshava shahrida Harbiylar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi Fransiya, Polsha, Litva, Latviya singari davlatlarning harbiy sportchilarini ortda qoldirib, ham yakkalik, ham aralash jamoaviy bahslarda birinchi o‘rinni egalladik. Dzyudochilarimiz yakkalik bellashuvlarda 7 ta oltin, 5 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Terma jamoamiz aralash jamoaviy bahslar finalida mezbonlar - polshalik dzyudochilarni mag‘lub etib, chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi. Fransiya va Litva terma jamoalari bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Yakkalik bahslarida shohsupaga ko‘tarilgan dzyudochilarimiz:
Oltin medallar
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov
-73 kg: Inoyat Telmanov
-78 kg: Barchinoy Qodirova
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
-81 kg: Zulfiddin Usmonov
-90 kg: Azizbek Avazmurodov
+100 kg: Islombek Ravshanqulov
Kumush medallar
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova
-70 kg: Shirinjon Yuldasheva
-73 kg: Shavkat Saitkulov
-100 kg: Muhammadali Tangriyev
Bronza medallar
-57 kg: Mohinur Allamberganova
-63 kg: Farangiz Rejepova