locale OZ

Dzyudo. Harbiylar o‘rtasidagi Jahon chempionati qahramonlari tantanali kutib olindi

Polsha poytaxti Varshava shahrida o‘tkazilgan Harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida munosib tarzda ishtirok etgan dzyudochilarimiz Vatanga qaytishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Harbiylar o‘rtasidagi Jahon chempionati qahramonlari tantanali kutib olindi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Polsha poytaxti Varshava shahrida o‘tkazilgan Harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida munosib tarzda ishtirok etgan dzyudochilarimiz Vatanga qaytishdi.

Biroz avval Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida muzaffar harbiy sportchilarimiz tantanali ravishda kutib olindi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda mamlakat dzyudo federatsiyasi mutasaddilari, sportchilarning oila a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari hozir bo‘lishdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Fransiya, Polsha, Litva, Latviya singari davlatlarning harbiy sportchilarini ortda qoldirib, ham yakkalik, ham aralash jamoaviy bahslarda birinchi o‘rinni egalladi. Dzyudochilarimiz yakkalik bellashuvlarida 7 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega chiqishdi.

Oltin medallar
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov
-73 kg: Inoyat Telmanov
-78 kg: Barchinoy Qodirova
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
-81 kg: Zulfiddin Usmonov
-90 kg: Azizbek Avazmurodov
+100 kg: Islombek Ravshanqulov

Kumush medallar
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova
-70 kg: Shirinjon Yuldasheva
-73 kg: Shavkat Saitkulov
-100 kg: Muhammadali Tangriyev

Bronza medallar

-57 kg: Mohinur Allamberganova
-63 kg: Farangiz Rejepova

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting