locale OZ

Dzyudo. Hakamlar uchun seminar tashkil etildi

Ertaga start oladigan Cadet and Junior Asian Cup Tashkent 2026 musobaqasi oldidan hakamlar uchun seminar o‘tkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Hakamlar uchun seminar tashkil etildi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Ertaga start oladigan Cadet and Junior Asian Cup Tashkent 2026 musobaqasi oldidan hakamlar uchun seminar o‘tkazildi.

Amaliy mashg‘ulotlar asosida tashkil etilgan ushbu seminarda Osiyo Kubogida referilik qiladigan yurtimiz va xorijdan taklif etilgan hakamlar qatnashdi. Seminar hakamlik sifatini oshirish, tatamida o‘zaro hamkorlikni takomillashtirish va yangilangan qoidalarni bir xilda qo‘llashga qaratildi.

Osiyo dzyudo ittifoqi (JUA) Bosh Referi direktori Osako Akinobu hamda JUA Referi direktori Asxat Jitkeyev boshchilik qilgan seminarda hakamlikdagi yangiliklar haqida ma’lumot berildi, shuningdek, yaqinda Tailandda o‘tgan Osiyo chempionatidagi ayrim bahsli vaziyatlar video materiallar asosida tahlil qilindi.

Hakamlar alohida texnik harakatlarni muhokama qildilar va xalqaro hakamlikning zamonaviy talablariga alohida e’tibor qaratdilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting