locale OZ

Dzyudo. Federatsiyada hakamlik masalasi muhokama qilindi

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda hakamlik tizimini takomillashtirishning ustuvor vazifalari va kelgusidagi ish yo‘nalishlari belgilab olindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Federatsiyada hakamlik masalasi muhokama qilindi
photo: Dzyudo Uzbekistan

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov barcha yo‘nalishlarda islohotlarni o‘tkazish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shu maqsadda Federatsiyada navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi va unda hakamlik masalasi ko‘rib chiqildi.

Federatsiya bosh kotibi Aziz Sobirov boshchilik qilgan yig‘ilishda dzyudo hakamligidagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, referilik yo‘nalishidagi ishlarni takomillashtirish, barcha yosh toifalaridagi musobaqalarda shaffof, adolatli hakamlikni joriy qilish, referilarni attestatsiyadan o‘tkazish, ularning reyting baholash tizimini doimiy tarzda yuritish, IJF bayrog‘i ostidagi musobaqalarda ishlaydigan referilarimiz sonini ko‘paytirish kabi yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda yangilik sifatida referilar uchun mo‘ljallangan "Judo Manager" dasturi ishga tushirilishi ham aytib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda hakamlik tizimini takomillashtirishning ustuvor vazifalari va kelgusidagi ish yo‘nalishlari belgilab olindi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting