Dzyudo. European Open 2026. Medallar jamg‘arish bo‘yicha 1-o‘rindamiz!
Bu bilan Aleksey Budolin boshchiligidagi terma jamoamiz medallar jamg‘arish bo‘yicha dunyoning 44 davlati orasida peshqadamga aylanib oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
Xabar berganimizdek, Sloveniyada o‘tkazilayotgan Yevropa Kubogi (European Open 2026)ning birinchi kungi bahslarida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bu bilan Aleksey Budolin boshchiligidagi terma jamoamiz medallar jamg‘arish bo‘yicha dunyoning 44 davlati orasida peshqadamga aylanib oldi. Kuchli uchlikda Sloveniya va Vengriya terma jamoalari joylashgan. Keyingi pog‘onalarda Italiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Ukraina, Qozog‘iston, Serbiya, Turkiya delegatsiyalari bormoqda.

Bugun Yevropa Kubogining ikkinchi kuni o‘rta va og‘ir vazn toifalarida bellashuvlar tashkil etiladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor