Dzyudo. Ernazar Sarsenbayev Toshkent “Katta dubulgʻa” turnirida kumush medalga ega chiqdi
Ernazar Sarsenbayev Toshkent “Katta dubulgʻa” turnirida kumush medalga ega chiqdi
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkent “Katta dubulgʻa” turnirida yana bir medalni qoʻlga kiritdi. -100 kg vazn toifasida finalgacha yetib borgan Ernazar Sarsenbayev musobaqa vitse-chempioniga aylandi. Yurtdoshimiz finalda bahraynlik sportchiga imkoniyatni boy berdi.
Umida Nigʻmatova bronza medalini qoʻlga kiritdi
Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” turnirda yana bir medal. Ayollar oʻrtasida +78 kg vazn toifasida qatnashgan Umida Nigʻmatova bronza medali uchun kurashda ukrainalik sportchidan ustun kelib sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Alisher Yusupov “Katta dubulgʻa” turnirining kumush medal sovrindori boʻldi
Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” turniri yakunlandi. Musobaqaning soʻnggi bahsida Alisher Yusupov (+100 kg) ozarbayjonlik raqibi bilan oltin medal uchun kurash olib bordi. Qoʻshimcha daqiqagacha davom etgan bellashuvda raqib sportchi gʻalaba qozondi va Yusupov kumush medal bilan taqdirlandi.