locale OZ

Dzyudo. Diyora Keldiyorova: Katta sportga qaytyapman

Hozirda sportchimiz yakka tartibda shug‘ullanmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Diyora Keldiyorova: Katta sportga qaytyapman
photo: Dzyudo Uzbekistan

Dzyudo bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova uzoq tanaffusdan keyin yana mashg‘ulotlarni boshladi. Hozirda sportchimiz yakka tartibda shug‘ullanmoqda.

“Ha, katta sportga qaytyapman. Uzoq tanaffusdan keyin birdan terma jamoa olib borayotgan yig‘inga qo‘shilish qiyin. Shu bois hozir alohida mashg‘ulot o‘tkazyapman. Qaysi musobaqada kurashaman? Bu haqida hozir aniq ayta olmayman. Sport formamni tiklay olsam, Osiyo o‘yinlarida qatnashib ko‘rishim mumkin. Ulgura olmasam, undan keyingi biror musobaqada ishtirok etish niyatidaman”,
— dedi sportchimiz.

Eslatib oʻtamiz, sportchimiz Parij-2024 Olimpiadasidan keyin farzandli boʻldi va deyarli 2 yillik tanaffusdan keyin musobaqalarga qaytmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting