locale OZ

Dzyudo. Cadet European Cup 2026 turnirining ilk kuni 8 ta medal qo‘lga kiritdik

Terma jamoamiz murosasiz kechgan bellashuvlarda 3 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Cadet European Cup 2026 turnirining ilk kuni 8 ta medal qo‘lga kiritdik
photo: Dzyudo Uzbekistan

Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilayotgan kadetlar o‘rtasidagi Millennium Team Cadet European Cup 2026 turnirining birinchi kuni o‘smirlarimiz uchun omadli keldi.

Terma jamoamiz murosasiz kechgan bellashuvlarda 3 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Iroda Sirojiddinova, Charos Hikmatova va Bobur Yusupov sharafiga Turkiya zaminida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.

🇺🇿Birinchi kungi g‘olib va sovrindorlarimiz:

Oltin medallar
-40 kg: Iroda Sirojiddinova
-48 kg: Charos Hikmatova
-55 kg: Bobur Yusupov

Kumush medallar
-55 kg: Shohjahon Usmonov
-66 kg: Akromjon Karimov

Bronza medallar
-44 kg: Alina Kolyucheva
-50 kg: Ma’murjon Abduvahobov
-60 kg: Davlatbek Ahrorov

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting