locale OZ

Dzyudo. Cadet European Cup 2026. Birinchi kungi bahslardan so‘ng umumjamoa hisobida birinchi o‘rindamiz!

Millennium Team Cadet European Cup 2026 turnirining birinchi kungi bahslari dzyudochilarimiz uchun muvaffaqiyatli keldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Cadet European Cup 2026. Birinchi kungi bahslardan so‘ng umumjamoa hisobida birinchi o‘rindamiz!
photo: Dzyudo Uzbekistan

Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilayotgan kadetlar o‘rtasidagi Millennium Team Cadet European Cup 2026 turnirining birinchi kungi bahslari dzyudochilarimiz uchun muvaffaqiyatli keldi.

Ilk kungi bellashuvlardan so‘ng O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza, jami 8 ta medal bilan medallar jamg‘arish reytingida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

photo: Dzyudo Uzbekistan

Uchta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza medaliga ega Qozog‘iston terma jamoasi ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, bolgariyalik dzyudochilar 1 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan uchinchi pog‘onadan joy olishgan. Kuchli o‘ntalikda Gruziya, Mo‘g‘uliston, Turkiya, Braziliya, Portugaliya, Rossiya va Qirg‘iz Respublikasi terma jamoalari borishmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting