locale OZ

Dzyudo. Buxoro sporti mutasaddilari O‘zbekiston chempionatiga tayyorgarlik bilan tanishishdi

24-26 noyabr kunlari Buxoro shahridagi “Universal” sport majmuasida kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Buxoro sporti mutasaddilari O‘zbekiston chempionatiga tayyorgarlik bilan tanishishdi
photo: Dzyudo Uzbekistan

24-26 noyabr kunlari Buxoro shahridagi “Universal” sport majmuasida kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaga tayyorgarlik doirasida sport majmuasida tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Buxoro viloyati prokurori o‘rinbosari Jamshid Ahmedov, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Nadjimidinov, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi o‘rinbosari Shuhrat Ochilov hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston chempionatini yuqori saviyada o‘tkazish, mehmonlar va ishtirokchilarning xavfsizligi, tashkiliy jarayonlarning uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting