locale OZ

Dzyudo bo'yicha Shohrux Mamedov Astana Gran-prisi g‘olibiga aylandi

Qozog‘istonning Astana shahrida para dzyudo bo‘yicha "2026 IBSA Grand Prix Astana" xalqaro gran-pri musobaqasi start oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo bo'yicha Shohrux Mamedov Astana Gran-prisi g‘olibiga aylandi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Bugun Qozog‘istonning Astana shahrida para dzyudo bo‘yicha "2026 IBSA Grand Prix Astana" xalqaro gran-pri musobaqasi start oldi. Ushbu nufuzli musobaqada 24 mamlakatdan jami 140 nafar, xususan, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etmoqda.

Musobaqaning ilk kunida vakillarimizdan Shohruh Mamedov hamda Sherzod Namozov shohsupaga ko‘tarildi. Hal qiluvchi bellashuvlarda Mamedov braziliyalik Danilo Silvadan ustun kelgan bo‘lsa, Sherzod Namozovga Qozog‘iston vakili Ibragim Nurmaxanuli bilan bahsda omad yetishmadi.

Erkaklar (J1 klassi, 81 kg):

1-o'rin. Shohrux Mamedov (O‘zbekiston)
2-o'rin. Danilo Silva (Braziliya)
3-o'rin. Magomedzakir Magomedov (Neytral maqomdagi sportchi)
3-o'rin. Aleksandr Jujgov (Neytral maqomdagi sportchi).

Erkaklar (J2 klassi, 70 kg):

1-o'rin. Ibragim Nurmaxanuli (Qozog‘iston)
2-o'rin. Sherzod Namozov (O‘zbekiston)
3-o'rin. Iskander Uldanov (Qozog‘iston)
3-o'rin.Serxio Ibanes (Ispaniya).

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting