Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Osiyo chempionatida birinchi boʻldi
Bugundan yoshlar toifasidagi bahslar start oladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Amman shahrida (Iordaniya) dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Ikkinchi kungi bahslarda yurtdoshlarimiz 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
Oltin medal:
-73 kg: Behruzbek Usmonov
-90 kg: Joʻrabek Eshpoʻlatov
+90 kg: Alibek Durdiyev
-57 kg: Zuhra Alimova
-63 kg: Parizoda Yoʻldosheva
Kumush medal:
-81 kg: Samandar Sunnatov
-63 kg: Dinora Samandarova
Bronza medal:
-70 kg: Poshshojon Jumaboyeva
Shu tariqa, musobaqada 11 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamgʻargan dzyudochilarimiz umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Bugundan yoshlar toifasidagi bahslar start oladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist