locale OZ

Dzyudo bo'yich O‘zbekiston milliy jamoasi aralash jamoaviy bahslarda Jahon chempionati sovrindoriga aylandi

Ekvadorning Guayakil shahri mezbonlik qilgan yilning o‘smirlar ishtirokidagi asosiy musobaqasi - Jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo bo'yich O‘zbekiston milliy jamoasi aralash jamoaviy bahslarda Jahon chempionati sovrindoriga aylandi
photo: Dzyudo Uzbekistan

O‘zbekiston — aralash jamoaviy bahslarda Jahon chempionati sovrindori!

Ekvadorning Guayakil shahri mezbonlik qilgan yilning o‘smirlar ishtirokidagi asosiy musobaqasi - Jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Dunyo birinchiligining so‘nggi to‘rtinchi kuni jamoaviy aralash bellashuvlar tashkil etildi. Jahonning 12 ta saralangan terma jamoalari qatorida O‘zbekiston o‘smirlari ham medallar uchun kurash olib bordi. Dzyudochilarimiz bronza medali uchun kechgan bahsda Fransiya terma jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etishdi.

Eslatib o‘tamiz, Aurelio Chiprian-Flis bosh murabbiyligidagi kadetlarimiz yakkalik bahslarida 1 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan 60 davlat orasida umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy olgan edi.

Barcha gʻolib va sovrindorlarimiz:

Oltin medal:
-40 kg: Iroda Sirojiddinova

Kumush medal:
-90 kg: Joʻrabek Eshpoʻlatov

Bronza medallar:
-55 kg: Bobur Yusupov
-73 kg: Behruzbek Usmonov
-44 kg: Alina Kolyucheva
-48 kg: Charos Hikmatova

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting