Dzyudo. Birinchi kun 5 ta vazndan 2 tasida jizzaxlik dzyudochilar shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi
Buxoro shahridagi muhtasham "Universal" sport saroyi mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining birinchi kungi bahslari ortda qoldi.
Bugun erkaklar -60, -66, ayollar -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishdi. Beshta vazndan 2 tasida jizzaxlik dzyudochilar shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Yana ham aniqrog‘i, ayollar o‘rtasida Jizzax viloyati vakilalari Sevinch Murodova va Rayhona Mamatova O‘zbekiston chempioni bo‘lishdi.
Shuningdek, qashqadaryolik Muhayyo Axmatova, buxorolik Bahrom Boturov va Toshkent shahri dzyudochisi Bobur Vadjiyev ham o‘z vaznlarida oltin medal qo‘lga kiritdi.
Birinchi kun g‘olib va sovrindorlari:
-48 kg vazn toifasi
1. Sevinch Murodova (Jizzax)
2. Ulbosin Hakimova (Sirdaryo)
3. Fotimaxon Tursunboyeva (Namangan)
3. Dilrux Hasanova (Jizzax)
-52 kg vazn toifasi
1. Muhayyo Axmatova (Qashqadaryo)
2. Sita Qadamboyeva (Xorazm)
3. Nigina Umirzoqova (Samarqand)
3. Umida Jumaniyazova (Qoraqalpog‘iston)
-57 kg vazn toifasi
1. Rayhona Mamatova (Jizzax)
2. Muxlisa Ganjayeva (Xorazm)
3. Mohinur Allaberganova (Xorazm)
3. Aselxan Aralbayeva (Toshkent viloyati)
-60 kg vazn toifasi
1. Bahrom Boturov (Buxoro)
2. Doston Ro‘ziyev (Toshkent shahri)
3. Kamoliddin Baxtiyorov (Toshkent shahri)
3. Muhammadjon Masharipov (Xorazm)
-66 kg vazn toifasi
1. Bobur Vadjiyev (Toshkent viloyati)
2. Dilshod Hamroyev (Buxoro)
3. Artyom Shturbabin (Toshkent viloyati)
3. Azizbek Ortiqov (Navoiy)