locale OZ

Dzyudo. Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026. Birinchi kun 8 ta medal, umumjamoa hisobida 1-o‘rindamiz

E’tiborlisi, final dasturi bellashuvlarini bevosita arenadan O‘zbekistonning Germaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Ahatov kuzatib bordi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026. Birinchi kun 8 ta medal, umumjamoa hisobida 1-o‘rindamiz
photo: Dzyudo Uzbekistan

Germaniyaning Berlin shahrida o‘tkazilayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi nufuzli xalqaro turnirning birinchi kungi bellashuvlari O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli keldi.

Medallar yo‘lida bahslarga kirishgan 10 dzyudochimizdan 8 nafari yakunda shohsupaga ko‘tarildi. Charos Hikmatova va Abubakr Sattorov o‘z vazn toifalarida tengsiz bo‘lishdi. Ular sharafiga Germaniya zaminida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.

E’tiborlisi, final dasturi bellashuvlarini bevosita arenadan O‘zbekistonning Germaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Ahatov kuzatib bordi.

Quvonarlisi shundaki, dunyoning 35 davlati dzyudochilari qatnashayotgan Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 musobaqasining birinchi kuni yakunlariga ko‘ra medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallab turibmiz.

G‘olib va sovrindorlarimiz:

Oltin medallar
-48 kg: Charos Hikmatova
-60 kg: Abubakr Sattorov

Kumush medallar
-50 kg: Ma’murjon Abduvahobov
-60 kg: Davlatbek Ahrorov

Bronza medallar
-40 kg: Iroda Sirojiddinova
-44 kg: Dilafruz Boltaboyeva
-55 kg: Bobur Yusupov
-66 kg: Akromjon Karimov

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting