Dzyudo. Behruzbek Usmonov - Jahon chempionati sovrindori
Ekvador davlatida davom etayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlari ortda qoldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
Ekvador davlatida davom etayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlari ortda qoldi.
-73 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Behruzbek Usmonov jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi. U uchinchi o'rin uchun kechgan murosasiz bahsda ozarbayjonlik Sadig Mammadovni taslim etdi.
Shu tariqa, O'zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi medallari soni 5 taga yetdi - 1 ta oltin, 4 ta bronza. Medallar jamg'arish bo'yicha dunyoning 60 davlati orasida Top-3'talikda boryapmiz.
Bugun jahon chempionatining uchinchi kuni og'ir vazn toifalarida bellasuvlar o'tkaziladi. Saralash bahslari bizning vaqt bilan soat 20:00da boshlanadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor