Dzyudo. Azizjon Kamilov terma jamoa mashg‘ulotlarini kuzatdi
Toshkentda Aleksey Budolin bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining Osiyo chempionatiga tayyorgarligi davom etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
Toshkentda Aleksey Budolin bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining Osiyo chempionatiga tayyorgarligi davom etmoqda.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov navbatdagi kun mashg‘ulotida bo‘lib, terma jamoamizning qit’a chempionatiga olib borayotgan tayyorgarligi bilan yaqindan tanishdi, dzyudochilar birma-bir suhbatlashdi.
E’tiborlisi, mashg‘ulotlarda Qozog‘iston va Qatar terma jamoalari dzyudochilarini ham ko‘rish mumkin. Hozirda Qatar terma jamoasiga Olimpiada chempioni Hasan Xalmurzayev murabbiylik qilmoqda. Azizjon Yakubjanovich bu yosh murabbiy bilan o‘zaro fikr almashdi. O‘z o‘rnida Xalmurzayev o‘zbek sporti xususan dzyudosidagi ijobiy o‘zgarishlar haqida gapirdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor