locale OZ

Dzyudo. Аzizjon Kamilov Ozarbayjonga yo‘l olayotgan terma jamoamiz bilan uchrashdi

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 19-31 yanvar kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida tashkil etiladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Аzizjon Kamilov Ozarbayjonga yo‘l olayotgan terma jamoamiz bilan uchrashdi
photo: Dzyudo Uzbekistan

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 19-31 yanvar kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida tashkil etiladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashadi.

Safar oldidan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov murabbiy va dzyudochilar bilan uchrashdi. Azizjon Yakubjanovich har bir dzyudochi bilan alohida suhbatlashdi. Federatsiya rahbari 2026 yilgi taqvimdan o‘rin olgan mas’uliyatli musobaqalardagi natijalar tayyorgarlikka bog‘liq ekanini urg‘ulab, mashg‘ulotlarda astoydil ishlash, o‘tgan mavsum yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etishga chaqirdi.

Ma’lumot uchun, bir nechta davlat ishtirokida o‘tadigan Ozarbayjondagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga terma jamoamizning 11 nafar dzyudochisi yo‘l olmoqda. Yig‘ilishda o‘zbek dzyudosi afsonasi, uch karra Olimpiya o‘yinlari sovrindori Rishod Sobirov ham ishtirok etdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting