locale OZ

Dzyudo. Arslonbek Tojiyev finalda!

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Arslonbek Tojiyev finalda!
PHOTO: Telegram

Xabaringiz bor Vengriyaning Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu nufuzli xalqaro musobaqada -81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan dzyudochimiz Arslonbek Tojiyev ikkinchi bosqichda ikki karra Olimpiada chempioni yaponiyalik Takanore Nagase ustidan gʻalaba qozondi.

Hamyurtimiz 1/8 finalda misrlik Abdelrahman Abdelg`anini vazari bahosi evaziga mag`lub etdi.

Ketma-ket nomdor raqiblarini mag`lub etayotgan dzyudochimiz 1/4 finalda asli gruziyalik, hozirda BAA sharafini himoya qilayotgan Nugzari Tatashviliga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Qisqa fursatda amalga oshirilgan ippon bahosi evaziga 1/2 finalga yo`l oldi.

Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting