locale OZ

Dzudo. Jahon chempionatining ilk kuniyoq 4 ta medal qo‘lga kiritdik. Sirojiddinova - Jahon chempioni

Ekvadorning Guayakil shahrida yilning o‘smirlar ishtirokidagi asosiy musobaqasi - Jahon chempionati start oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzudo. Jahon chempionatining ilk kuniyoq 4 ta medal qo‘lga kiritdik. Sirojiddinova - Jahon chempioni
photo: Dzyudo Uzbekistan

Ekvadorning Guayakil shahrida yilning o‘smirlar ishtirokidagi asosiy musobaqasi - Jahon chempionati start oldi.

Dunyo birinchiligining birinchi kungi bellashuvlari O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli keldi. Aurelio Chiprian-Flis bosh murabbiyligidagi kadetlarimiz 1 ta oltin, 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Quvonarlisi, Iroda Sirojiddinova barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempioniga aylandi. -40 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Iroda haqiqiy ma’noda iroda namoyish etdi. To‘g‘ridan to‘g‘ri ikkinchi bosqichdan bahslarga kirishgan Sirojiddinova ozarbayjonlik Sunay Salamova, 1/2 finalda rossiyalik Emiliya Sayfutdinova hamda final bahsida qozog‘istonlik Adiya Janaxmetni mag‘lubiyatga uchratdi. Olis Ekvador zaminida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiya yangradi. Iroda bir oy oldin Iordaniyada o`tgan Osiyo chempionatida ham oltin medal qo`lga kiritgandi.

Terma jamoamiz a’zolaridan Bobur Yusupov (-55 kg), Alina Kolyucheva (-44 kg) va Charos Hikmatova (-48 kg) jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Birinchi kungi bellashuvlardan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan 60 davlat orasida umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting