locale OZ

Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan “Katta shlem” turnirining ilk kunida O‘zbekistondan 10 nafar dzyudochi ishtirok etadi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan “Katta shlem” turnirining ilk kunida O‘zbekistondan 10 nafar dzyudochi ishtirok etadi
Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan “Katta shlem” turnirining ilk kunida O‘zbekistondan 10 nafar dzyudochi ishtirok etadi

2-may kuni Tojikiston poytaxti Dushanbeda dzyudo bo‘yicha nufuzli “Katta shlem” turniri start oladi. Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 154 000 yevroni tashkil etadi. Birinchi kun bellashuvlarida engil vazn toifasidagi sportchilar tatamiga chiqadi: erkaklar — 60 kg va 66 kg, ayollar — 48 kg, 52 kg va 57 kg. O‘zbekistondan ushbu kuni 10 nafar dzyudochi qatnashadi. Ular birinchi bosqichda quyidagi raqiblarga qarshi to‘qnash keladi:

Erkaklar
–60 kg
Anvarjon Ibrohimov — Aldiyar Qarg‘ulov (Qozog‘iston)
Asadbek Misirov — Haqbod Gulov (Tojikiston)
–66 kg
Artyom Shturbabin — Karli Yung (Buyuk Britaniya)
Sardor Nurillayev — Nurmuxammad Botabay (Qozog‘iston) / Den Su (Xitoy)

Ayollar
–48 kg
Olbusin Hakimova — Vladlena Zershikova (IJF)
Laziza Haydarova — Xuan Venna (Xitoy)
–52 kg
Muhayyo Ahmadova — Dariya Zaxarova (IJF)
Fotimaxon Tursunboeva — Amenden Bushar (Fransiya)
–57 kg
Despina Bochikova — Pixla Salonen (Finlyandiya)
Shukurjon Aminova — Rahmiya Xandjarbekova (Tojikiston)

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting